Boksning yangi yo‘nalishi – APB’da o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazayotgan o‘zbekistonlik Oybek Mamazulunov -81 kg vazn toifasidagi navbatdagi jangini o‘tkazdi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Ushbu yo‘nalish Rio-2016 Olimpiadasi yo‘llanmalari o‘ynalishi bilan ahamiyatlidir.
Italiyaning Manerba del Garda shahridagi Palazzetto dello Sport arenasida bo‘lib o‘tgan boks kechasida Mamazulunov germaniyalik Serge Michelga qarshi ringga ko‘tarildi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan jang 4-raundda muddatidan avval yakuniga yetdi.
To‘rtinchi raundning to‘qqizinchi soniyasi o‘tib borayotgan bir pallada Michel texnik nokaut evaziga g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Bungacha o‘tkazilgan uchta raund yakunlariga ko‘ra germaniyalik bokschi 30:27 hisobida g‘alaba qozonayotgan edi.
Izoh (0)