Qozog‘istonning “Ordabasi” jamoasida faoliyat yuritayotgan Aleksandr Geynrix uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng yana O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qaytadi, deb xabar beradi “Arena.uz”.
Nashr bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bosh jamoaning kengaytirilgan ro‘yxatiga kiritilgan tajribali forvard iyul oyida tashkillashtiriladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga taklif qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Geynrix 2002-yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilib keladi. O‘tgan vaqt davomida 83 uchrashuvda maydonga tushgan futbolchi raqiblar darvozasiga 28 bor to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Geynrix terma jamoa libosida oxirgi marta 2013-yil 15-oktabrda Osiyo chempionati—2015 saralashining Vyetnamga (3:1) qarshi o‘yinida maydonga tushgandi.
Izoh (0)