Xalqaro kosmik stansiya bortida bo‘lgan rossiyalik kosmonavt Gennadiy Padalka Toshkent vaqti bilan taxminan 04:00 da fazoda bo‘lish vaqti bo‘yicha jahon rekordini yangiladi, deb xabar beradi “TASS”.
Bundan o‘n yil avval uning hamkasbi Sergey Krikalyov tomonidan 803 sutkalik rekord o‘rnatilgan edi.
Hozirda Padalka o‘z faoliyati davomidagi beshinchi parvozni amalga oshirmoqda. Kosmonavt 27-mart kuni uchib ketgan bo‘lib, uning Yerga qaytishi taxminan 11-sentabrga belgilangan. Shu tariqa uning fazoda o‘tkazgan vaqti 880 sutkani tashkil etishi kutilmoqda.
Izoh (0)