Gretsiya parlamenti davlat qarzi masalasida umumxalq referendumi o‘tkazilishi uchun ovoz berdi. Bu haqda “Novaya gazeta” xabar bermoqda.
Ayni vaqtda, Yevroguruh raisi Yerun Deysselblum joriy ko‘mak dasturi yakuniga yetganidan so‘ng ham greklarga yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Aleksis Sipras 27-iyunga o‘tar kechasi davlat qarzi masalasida referendum o‘tkazish niyatida ekanligini e’lon qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kreditorlar hozirgi vaqtda qiymati 300 milliard dollardan oshib ketgan qarzni ijtimoiy to‘lovlarni kamaytirib, soliqlarni oshirish yo‘li bilan qaytarishni taklif qilgan.
Siprasning qayd etishicha, referendum 5-iyul kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Unda kreditorlarning shartlariga rozi bo‘lish yoki bo‘lmaslik masalasi muhokamaga qo‘yiladi.
Izoh (0)