Tayvanning Sinbey shahridagi akvoparkda sodir bo‘lgan portlash oqibatida jabrlanganlardan biri tez yordam mashinasida hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar bermoqda Xitoyning Sina portali.
Ma’lumotlarga qaraganda, halok bo‘lgan shaxs shifoxonaga yetkazilganda unda hayot alomatlari bo‘lmagan.
Hodisa oqibatida jami 229 kishi jarohat olgan bo‘lib, ulardan 97 nafarining ahvoli og‘ir sifatida baholangan.
Formosa Water Park akvaparkida 27-iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:30 da portlash sodir bo‘ldi. Dastlab raqs sahnalaridan birida diskoteka vaqtida oq tutun chiqib odamlarni qamrab olgan, bir necha soniyadan keyin esa portlash yuz bergan. Jabrlanganlarning aksariyati ochiq kiyimda bo‘lgani tufayli tanasining 40 foizida kuyish holati kuzatilgan.
Izoh (0)