1-iyulga o‘tar kechasi dunyodagi barcha vaqt xizmatlari o‘z o‘lchovlari millarini 1 soniyaga to‘xtatadi, deya xabar bermoqda Euronews. Bu Yer aylanishi orqali aniqlanadigan astronomik vaqt hamda atom etalonlari vaqti o‘rtasida yig‘ilib qolgan farqni qoplash maqsadida amalga oshiriladi.
Bu koordinatsiya soniyasi deyiladi. Qo‘shimcha soniyalar Yer aylanishi bo‘yicha xalqaro xizmat tomonidan e’lon qilinadi.
30-iyun kuni vaqt ketma-ketligi quyidagicha bo‘ladi:
2015, 30-iyun: 23:59:59
2015, 30-iyun: 23:59:60
2015, 1-iyul: 00:00:00
1972-yildan buyon jami 24 soniya qo‘shilgan. Yer aylanishi sekinlashib borishi tufayli, vaqt o‘tishi bilan kabisa soniyalarni bir asrda 31 soniya tezlikda ko‘proq joriy qilish kerak bo‘ladi. Qo‘shimcha soniya so‘nggi bora 2012-yil 30-iyunda kiritilgan.
Izoh (0)