• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Alyaskadagi sammit: Putin va Tramp muzokaralari yakunlandi. Ular ikki soatdan ortiq davom etdi

    15-avgust juma kuni Alyaskada AQSH va Rossiya prezidentlarining so‘nggi 4 yildan ortiq vaqt ichidagi birinchi yuzma-yuz uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Donald Tramp va Vladimir Putin AQSHning Ankorijdagi Elmendorf-Richardson harbiy-havo bazasida “uchga uch” formatda muzokaralar olib bordi. Uchrashuvni ikkala tomon ham konstruktiv va samarali deb baholadi, ammo Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilmadi. “Daryo” ikki davlat rahbari uchrashuvining asosiy jihatlari haqida so‘zlaydi.

    Foto: Reuters

    Alyaskadagi sammit arafasida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya va AQSH prezidentlarining uchrashuvi “Kiyev, Moskva va Vashington ishtirokida adolatli tinchlik va rahbarlarning uch tomonlama formatdagi mazmunli muloqoti uchun haqiqiy imkoniyat yaratishiga” umid bildirdi. Shuningdek, u Alyaskadagi sammitdan so‘ng Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashishga kelishib olgani ma’lum qilindi.

    Yopiq muzokaralar qanday boshlandi

    Trampning samolyoti Ankorijga Toshkent vaqti bilan taxminan soat 23:20 da qo‘ndi, 23:40 ga yaqin Putin samolyoti ham yetib keldi. Davlat rahbarlari qizil gilamda uchrashishdi, so‘ngra Trampning mashinasiga o‘tirib, birgalikda tadbir o‘tkaziladigan joyga yo‘l olishdi.

    Foto: RIA Novosti

    Taxminan soat 00:20 da “uch kishilik” shakldagi muzokaralarning yopiq qismi boshlandi. Rossiya tomonidan rahbarlarga Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov, Amerika tomonidan esa davlat kotibi Marko Rubio va Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff ishtirok etdi. Uitkoff bundan avval rahbariyat topshirig‘i bilan Kreml bilan muzokaralar olib borish uchun bir necha bor Moskvaga tashrif buyurgandi.

    Tramp va Putinning matbuot anjumani

    Muzokaralar deyarli uch soat davom etdi, shundan so‘ng Putin va Tramp jurnalistlar oldiga chiqib, qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazdi. Birinchi bo‘lib Rossiya rahbari sakkiz daqiqalik nutq so‘zladi. U, xususan, AQShni “yaqin qo‘shni” deb atadi, biroq so‘nggi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar “sovuq urush davridan beri eng past nuqtaga tushib qolganini” ta’kidladi.

    Shu munosabat bilan, Tramp bilan uchrashuvi “haqiqatan ham zarur edi”, deydi Putin.
    Foto: RIA Novosti

    Shuningdek, Rossiya prezidenti Ukrainadagi urush muzokaralarning “asosiy masalalaridan biri”ga aylanganini aytdi. U Trampning mamlakat uchun xavfsizlik kafolatlari zarurligi haqidagi nuqtai nazariga qo‘shildi, biroq “Ukrainadagi voqealar Rossiya milliy xavfsizligiga jiddiy tahdidlar bilan bog‘liqligi” va mojaroni hal qilish uchun “inqirozning barcha sabablari bartaraf etilishi kerakligi” haqidagi fikrlarini yana bir bor takrorladi.

    Trampning nutqi to‘rt daqiqadan kamroq davom etdi. U darhol delegatsiyalar “to‘liq kelishuvga erisha olmaganini” va “afsuski, hozircha bitim yo‘qligini” bildirdi. Shu bilan birga, AQSH prezidenti uchrashuvda “sezilarli natijalar qo‘lga kiritilgani” va Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilish imkoniyati “juda yuqori” ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u Zelenskiy va NATOdagi hamkorlarga qo‘ng‘iroq qilib, muzokaralar tafsilotlarini aytib berishga va’da berdi. Oxirida u Putin bilan yaqin kelajakda yana uchrashishga umid bildirdi. Rossiya prezidenti buni Moskvada amalga oshirishni taklif qildi.

    “Ehtimol shunday bo‘lar”, dedi Tramp.

    Deyarli matbuot anjumani tugashi bilanoq ikki davlat rahbari Alyaskani tark etdi. Vaholanki, dastlab kengaytirilgan delegatsiyalar bilan ishchi tushlik rejalashtirilgan edi. Unda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa va Moliya vazirliklari rahbarlari Andrey Belousov va Anton Siluanov, shuningdek, Pentagon rahbari Pit Xegset va AQSH Moliya vazirligi rahbari Skott Bessent ishtirok etishi ko‘zda tutilgan edi. Ammo, u amalga oshmadi.

    Tramp sammitdan keyin intervyu berdi

    AQSH prezidenti Fox News telekanaliga bergan yarim soatlik intervyusida muzokaralar kunini “10 balldan 10 ball” deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shma matbuot anjumanidan so‘ng u Kreml rahbari bilan yakkama-yakka “juda samimiy” suhbatlashgan. Tramp yana urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish endi Vladimir Zelenskiyga bog‘liq ekanini qo‘shimcha qilgan. U Ukraina prezidentiga Putin bilan bitim tuzishni maslahat berdi. Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar haqida esa Tramp yaqin 2-3 hafta ichida o‘ylamaslikka va’da berdi.

    16 avgust, 09:59   Izoh (0)   3327
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #AQSH#Rossiya#Putin#Tramp#sammit#Ukraina

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ueyn Runi Angliya Premyer Ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

    Sport | 16 avgust, 12:00

    Rossiya o‘rmonida boshiga qop kiydirilgan holda o‘g‘irlangan o‘zbekistonlik oshpaz topildi

    Dunyo | 16 avgust, 11:59

    Yangi Porsche, brilliant va qimmatbaho liboslar: Krishtianu Ronaldu Jorjinaga 366 ming dollarlik sovg‘alar xarid qildi

    Layfstayl | 16 avgust, 11:42

    Aliment to‘lamay qamalgan otaning qarindoshlari MIB xodimlari bilan janjallashdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:20

    “Zakovat” bo‘yicha III Osiyo ochiq chempionati Bishkekda start oldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:01

    Tramp: “Zelenskiyga maslahat — kelishuv tuzish”

    Dunyo | 16 avgust, 10:59

    Toshkentda spirtli ichimliklar do‘koni oldida janjal yuzaga keldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 10:44

    Nursulton Ro‘ziboyevning Brayan Battlga qarshi jangi bekor qilindi

    Sport | 16 avgust, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.