O‘rtayer dengizida Gretsiyadan Turkiyaga suzib ketayotgan kruiz layneri 27-iyunga o‘tar kechasi neft tankeri bilan to‘qnashib ketdi. RBC.ru’ning xabar berishicha, hodisa natijasida layner bortida jabrlanganlar bor, tankerdan esa neft sizib chiqishni boshlagan.
Qayd etishlaricha, Malta bayrog‘i ostida Gretsiyadan Istanbulga tomon suzib ketayotgan Celestyal Crysta kruiz layneri bortida 853 kishi va ekipajning 382 a’zosi bo‘lgan. Tankerdan qancha neft sizib chiqqani, laynerda necha kishi jabrlangani haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.
Xabar berishlaricha, to‘qnashuv har ikkala kemaning aybi bilan yuz bergan, Dardanel bo‘g‘ozidagi kemalar harakatini nazorat qilish boshqarmasi kemalarni to‘qnashuv xavfidan oldindan ogohlantirgan edi. Hozirgi vaqtida layner ham, tanker ham Gallipoli yaqinida langar tashlagan.
Izoh (0)