Xitoyda MERS (Yaqin Sharq respirator sindromi) koronavirusi bilan zararlangani tasdiqlangan birinchi bemor – Janubiy Koreya fuqarosiga kasalxonadan ketishga ruxsat berildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
44 yoshli erkak Xitoyga Janubiy Koreyadan kelgan, safar arafasida MERS’ga chalingan qarindoshlari bilan muloqotda bo‘lgan. 21-may kuni isitmasi chiqqani, shifokor unga safarni qoldirishni tavsiya qilganiga qaramay, 26-may kuni u Gongkongga kelgan.
Shundan so‘ng Shenchjen orqali Xueychjou shahriga yetib kelgan. Guandun viloyatida 29-may kuni xitoylik shifokorlar bemorni MERS virusiga qarshi tekshirganida, test ijobiy natija ko‘rsatgan (ya’ni, kasallik aniqlangan).
“Bemorda 10 kundan ortiq vaqt davomida yuqori harorat kuzatilmadi, MERS’ni aniqlashga qaratilgan test esa ikki marta salbiy natija ko‘rsatdi”, - deyiladi mahalliy ma’muriyat xabarida.
Izoh (0)