Fransiya janubi-sharqidagi San-Kentan-Falavye shahridagi teraktga aloqador deb gumon qilingan ehtimoliy terrorchi maxsus operatsiya vaqtida yo‘q qilindi. Bu haqda Le Parisien xabar bermoqda.
OAV xabariga ko‘ra, shahardagi zavodga hujum qilgan terrorchi fransuz huquqni muhofaza qilish organlari ta’qibidan yashirinayotgan edi.
Avvalroq Lion shahridan uncha uzoqda bo‘lmagan bir zavodda terakt yuz bergani ma’lum bo‘lgandi. Noma’lum shaxs Sen-Kentan-Falavyedagi zavodga hujum qilib, benzin baklarini portlatib yuborgandi.
Hodisa joyida boshsiz tana topilgan, undan uncha uzoq bo‘lmagan joyda esa qurbonning arab imlosidagi matoga o‘rab qo‘yilgan boshi topilgan.
Izoh (0)