Ukraina poytaxti Kiyev markazida Odessa viloyatining yangi gubernatoriga tegishli besh xonali hashamatli apartament sotuvga qo‘yildi, deb yozadi “Nur.kz”.
Istovchilar Mixail Saakashvili uzoq vaqt davomida yashagan xonadonni oyiga 6,5 ming dollarga ijaraga ham olishi mumkin. Ta’kidlanishicha, Gruziya sobiq prezidentining o‘zi ham ushbu pentxausda dastlab ijarada turgan.
1917-yilda qurilgan uyning Saakashviliga tegishli pentxausi yuqori qavat hamda boloxonani o‘z ichiga oladi va 252 kvadrat metr maydonni egallaydi.
Izoh (0)