NATO Parlament assambleyasi delegatsiyasi alyans koalitsiyasining Afg‘onistondagi missiyasi yakuniga yetayotgani munosabati bilan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlik masalalarini muhokama qilish uchun Ostonaga tashrif buyurdi. Bu haqda Newskaz.ru xabar bermoqda.
Delegatsiya bilan uchrashuv vaqtida mamlakat tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov Qozog‘iston NATO bilan hamkorlikka katta e’tibor qaratishini, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda Alyansni muhim hamkor deb bilishini ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga ko‘mak berish Qozog‘iston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.
Idrisovning qayd etishicha, Qozog‘iston NATOning Afg‘oniston Milliy xavfsizlik kuchlari salohiyatini oshirishga va Afg‘onistonda NATOning yangi missiyasini o‘tkazishga qaratilgan sa’y-harakatlarini olqishlaydi.
Muzokaralar davomida tomonlar tinchlikparvarlik faoliyati doirasidagi hamkorlik masalalarini ham muhokama qilishdi.
Izoh (0)