Eng ko‘p Lotin Amerikasi aholisi o‘z hayotidan mamnun. Bu haqda Gallup va Healthways kompaniyalari ekspertlari hisobotida aytiladi, deb yozadi “RBK”.
2014-yil yakunlariga ko‘ra tuzilgan reytingda Panama yetakchilik qilgan bo‘lsa, Kosta-Rika va Puerto-Riko undan keyingi o‘rinlarni egalladi. Lotin Amerikasiga kirmaydigan davlatlardan beshtasigina yuqori 15 talikdan joy oldi. Reytingda jami 145 ta davlat bor.
Aholisi o‘z hayotidan eng ko‘p mamnun bo‘lgan o‘nta davlat quyidagilar:
- Panama — 53%
- Kosta-Rika — 47,6%
- Puerto-Riko — 45,8%
- Shveysariya — 39,4%
- Beliz — 38,9%
- Chili — 38,7%
- Daniya — 37%
- Gvatemala — 36,3%
- Avstriya — 35,6%
- Meksika — 35,6%
Izoh (0)