Avstraliyadagi 2 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan Maningrid shahri ko‘chalarini 25 mingga yaqin zaharli tarantul o‘rgimchaklari egalladi. Bu haqda Metro xabar bermoqda.
Mutaxassislar hozircha o‘rgimchaklar bosqiniga nima sabab bo‘lganini tushuntirib bera olishmayapti. Xabar berishlaricha, odatda bir joyda 200-300tagacha tarantul yig‘ilib olganini ko‘rish mumkin.
Hujumi bir qator jonivorlar uchun o‘lim bilan tugashi mumkin bo‘lgan tarantullar insonga jiddiy xavf tug‘dirmaydi. Bu o‘rgimchak chaqqandan keyingi og‘riq hissi qovog‘arining chaqishiga o‘xshaydi va shishib chiqadi. Shuningdek, odam uzoq vaqt qayt qilib yurishi ham mumkin.
Izoh (0)