Yevropa Kengashi Parlament assambleyasi (YeKPA) Ukraina bo‘yicha rezolyutsiyasida Rossiyani tajovuzkor deb atadi va Qrimni bosib olingan deb tan oldi, deya xabar bermoqda Meduza.
Bundan tashqari, YeKPA Rossiyani Donbassdagi nizoning tomonlaridan biri sifatida tilga oldi.
Assambleya Rossiya prezidenti Rossiya armiyasining tinch vaqtda o‘tkazilgan maxsus operatsiyalardagi yo‘qotishlari haqidagi ma’lumotlar davlat siri bo‘lib qolishi to‘g‘risidagi farmonni imzolagani yuzasidan afsus bildirdi.
YeKPA Rossiyani “yo‘qolgan askarlar oilalariga ularning taqdiri va joyi haqidagi aniq axborotni taqdim etish”ga chaqirdi.
Izoh (0)