Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida 19-iyun kuni “Raqs sehri” festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.
Milliy jahon raqslariga bag‘ishlangan mazkur tadbirda 15-25 yosh oralig‘idagi o‘smirlar va qizlar ishtirok etishi mumkin.
Festival davomida “Eng yaxshi milliy raqs ijrochisi”, “Eng yaxshi jahon raqsi ijrochisi”, “Milliy raqslar bo‘yicha eng yaxshi jamoa”, “Jahon raqslari bo‘yicha eng yaxshi jamoa”, “Original ijro”, “Tomoshabinlar mehri”, “Original raqs g‘oyasi uchun”, “Milliy an’analar targ‘iboti uchun” yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.
Izoh (0)