Avstraliyaning 5 Seconds of Summer guruhi gitaristi Maykl Klifford Londonda Wembley Arena’dagi konsert vaqtida yonib ketdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Ijro vaqtida Klifford pirotexnika uskunasiga juda yaqin kelgan va natijada uning sochi o‘t olgan. Mashshoqdan tutun chiqishni boshlagan. U sahna ichkarisi tomon yugurib, sochiqni olgan va boshiga bosgan. Shundan so‘ng gitarachi sahnani tark etgan.
Musiqachilar konsertni to‘xtatishga qaror qilishgan. “Maykl jabrlandi, shu sababli ham shouni davom ettira olmaymiz”, - dedi guruh a’zolaridan biri.
Keyinroq Klifford Instagram’dagi sahifasida bint bog‘langan boshining suratini e’lon qilib, hayotiga hech narsa xavf solmayotganini ma’lum qilgan.
https://youtu.be/_0Q_CHRFWmk
Izoh (0)