O‘zbekiston xalq artisti Mirhosil To‘ychi Oripov 12-iyun, juma kuni 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda 12news.uz xabar bermoqda.
Toshkent teatr san’ati instituti aktyorlik fakulteti bitiruvchisi hisoblangan To‘ychi Oripov turli yillarda Qo‘qon va Toshkentdagi Hamza nomidagi, shuningdek, Toshkentdagi Abror Hidoyatov nomli teatrlarda faoliyat olib bordi.
U “Qutlug‘ qon” (Hakimboyvachcha), “Boy ila xizmatchi” (Solihboy), “Kelinlar qo‘zg‘oloni” (Mahkam), “Abu Rayhon Beruniy” (Mahmud G‘aznaviy), “Qiyomat qarz” (No‘’mon Nazarov), “G‘ariblar” (Levitskiy), “Yulduzli tunlar” (Shayboniyxon) kabi spektakllardagi rollari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan.
“El-yurt hurmati” ordeni sohibi hisoblangan To‘ychi Oripov “Dev bilan pakana”, “Osmondagi bolalar”, “Bomba”, “Nolinchi variant”, “Abdullajon”, “Ikkinchi davra bo‘yicha”, “Dahoning yoshligi”, “Olovli yo‘llar”, “Shum bola”, “Sayyod qo‘ng‘irog‘i” kabi filmlarda ham suratga tushgan.
Izoh (0)