2-iyun kuni poytaxt maktablaridan birida Yulduz Usmonovaning “Ota faryodi” qo‘shig‘iga klip suratga olish ishlari bordi, deya xabar bermoqda xonandaning rasmiy sayti.
Videoklip syujeti shahar tashqarisida bir necha yil avval sodir bo‘lgan hayotiy voqeaga asoslangan. O‘g‘lining maktabdan qaytishini kutayotgan ota uni qaytib ko‘ra olmaydi: uyga qaytayotgan bola nosoz ko‘prikdan o‘tayotib, suvga qulaydi va cho‘kib ketadi.
Klip “9999” studiyasi tomonidan suratga tushirilmoqda.
Izoh (0)