Janubiy Afrikadagi sherlarning safari-parkida yirtqich jonivor 29 yoshli Ketrin Cheppellni g‘ajib tashladi. Bu haqda ABC xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Cheppell Janubiy Afrikaga xayriya maqsadida – jonivorlarni brakonyerlardan himoya qilish bo‘yicha fondni tashkil qilish uchun mablag‘ to‘plash uchun kelgandi.
Parkka kelgan vaqtida ayol xavfsizlik qoidalarini buzgan va yirik mushuksimonlarni suratga olish uchun derazani ochgan, shu vaqt unga urg‘ochi sher tashlangan.
Qayd etishlaricha, bu qilmishi uchun jonivor o‘ldirilmagan: u bir necha sher bolalarining onasi hisoblanadi.
Ketrin Cheppell maxsus effektlar muharriri sifatida ishlardi. Xususan, u “Taxtlar o‘yini” fantastik seriali, “Divergent” va “Birinchi qasoskor: Boshqa urush” filmlari grafik effektlari ustida ishlagan.
Izoh (0)