O‘zbekistonlik yengil atletikachi Svetlana Radzivil Osiyo chempionati musobaqalarining birinchi kuni yakunlariga ko‘ra, balandlikka sakrash bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda “Anons.uz”.
Sportchi 1,91 sm natija ko‘rsatib, Xitoy vakilalari — Vang Yang (1,88 sm) va Zeng Xingjuan (1,84 sm)ni ortda qoldirdi.
Osiyo chempionati 3-iyun kuni Xitoyning Uxan shahrida start oldi. Unda dunyoning 45 mamlakatidan kelgan 800 nafar sportchi qatnashmoqda. O‘zbekiston sharafini musobaqalarda 20 kishi himoya qilmoqda. Turnir 7-iyungacha davom etadi.
Izoh (0)