O‘zbekistonlik yosh iste’dodli tennischi Jo‘rabek Karimov Parij shahrida davom etayotgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turnirning o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. O‘zbekistonlik tennischi uchinchi davra ishtirokchisiga aylandi, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
Jo‘rabek ilk bosqichda fransiyalik Maksim Petelni 6:1, 6:4 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi davrada koreyalik Seong-Chan Xongdan 6:2, 6:3 hisobida ustun keldi. Endi u uchinchi bosqichda turnirning 13-raketkasi, dunyo reytingida 528-o‘rinni egallab turgan AQSh vakili Tommi Paulga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Jo‘rabek Karimov ATP reytingida 893-pog‘onadan joy olgan. O‘zbekistonlik tennischi shu yili Avstraliya Ochiq chempionatining yarim finaliga qadar yetib borib, o‘ziga xos shov-shuv sababchisiga aylangan edi.
Izoh (0)