“Real”ning yangi bosh murabbiyi Rafael Benites “qaymoqranglilar”ning portugaliyalik yulduzi Krishtianu Ronaldudan markaziy hujumchi o‘rnida foydalanmoqchi, deb xabar qiladi “Arena.uz”.
Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, portugaliyalik futbolchi Karlo Anchelotti davridagidek chap qanotda emas, balki aynan hujum markazida to‘p surishi lozim.
Bunday o‘rin almashtirish birinchi navbatda Garet Beylning foydasiga xizmat qiladi. Uelslik futbolchi kelasi mavsumda o‘zining sevimli pozitsiyasi – chap qanotda o‘ynashi mumkin.
Beyl yakuniga yetgan mavsumda asosan o‘ng qanot vingeri sifatida harakat qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2-iyun kuni Rafael Benites “Real” bilan shartnoma imzolagan.
Izoh (0)