Toshkent shahrida joylashgan Respublika onkologiya ilmiy markazining bolalar bo‘limida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi “Popcorn.uz”.
Har kun kimyoterapiya, nur kabi muolajalarni qabul qilib, uzoq vaqt davomida kasallik bilan kurashayotgan kichkintoylar chehrasida tabassum ko‘rish barchani cheksiz baxtga oshno etadi.
Bolalarga sevinch ulashgan yulduzlar — “Radio” guruhi, Kaniza, Iroda Dilroz, Iroda Iraliyeva, Muzaffar Mirzarahimov, Samandar va Sardor Rahimxondir. Taniqli xonandalar shirintoylarni raqs maydoniga chorlab, o‘zlari ham bolalar kabi raqsga tushdi.
Kichkintoylar ota-onalari, shifoxona xodimlari bilan birgalikdagi o‘yin-kulgu, xursandchiliklari bir necha soat davom etdi.
Izoh (0)