Xitoyda qalbaki guruch sotuvda paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda Shanghaiist. Kartoshka va sun’iy rezina aralashmasidan tayyorlangan donalar Shansi provinsiyasining Tayyuan bozorlarida sotila boshladi.
Nashr ta’kidlashicha, qalbaki guruch ko‘rinishidan haqiqiysiga juda o‘xshash. Biroq xitoylik ekspertlar xaridorlarni ogohlantirishicha, uni iste’mol qilish natijasida ovqat hazm qilish tizimiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetadi.
Mamlakat hukumati xaridorlarni qalbaki don ekinlarining xavflari haqida xabardor qilgach, qator Osiyo OAVlarida bunday mahsulotlar Xitoydan Hindiston, Indoneziya va Vyetnam kabi boshqa mamlakatlarga o‘tib ketganligi haqida xabar berdi. Bu ma’lumot rasman tasdiqlanganicha yo‘q.
Izoh (0)