Xonanda Janet Jekson ijodiy karyerasi qayta boshlangani, yangi albom chiqarishi va dunyo bo‘ylab turne uyushtirishini e’lon qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
The Los Angeles Times yozishicha, qo‘shiqchi bu qarorini tug‘ilgan kunida kutilmaganda aytib qolgan. U 15-may, juma kuni 49 yoshini nishonlagan edi.
“Men bu muhim xabarni o‘zimni tayyor deb his qilganimda e’lon qilishga va’da bergan edim. Hozir shunday vaziyat yuzaga keldi. Shu yil yangi musiqa, yangi dunyo turnesi va yangi harakat bo‘ladi”, — dedi xonanda muxlislariga qaratilgan murojaatida.
Janet Jekson afsonaviy Jeksonlar oilasidan chiqqan, u 2009-yilda vafot etgan Maykl Jeksonning singlisidir.
Izoh (0)