22—31-may kunlari Toshkentda uchinchi Yevropa kinosi festivali bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Festival Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi tomonidan “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamkorligida tashkil qilinadi.
Bu yil festivalda Yevropaning 15 davlatiga tegishli 18 ta kinokartina namoyish etiladi. Filmlarning ko‘pchiligi rus tilidagi subtitrlar bilan ko‘rsatiladi, ba’zilari esa rus tiliga tarjima qilingan.
Festival Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida bo‘lib o‘tadi. Seanslarga kirish bepul.
Festival dasturi
22-may19:00 — “Sizni yaxshi ko‘raman, oyijon!” (Latviya)
23-may
17:00 — “Nikining oilasi” (Slovakiya)
19:00 — “Inson qadri” (Italiya)
24-may
15:00 — “Rassomning rafiqasi” (Daniya)
17:00 — “Kun so‘ngida” (Avstriya)
19:00 — “Japplu” (Fransiya)
25-may
19:00 — “Keda” (Bolgariya) — 18+
26-may
19:00 — “Stokgolm qissalari” (Shvetsiya) — 18+
27-may
19:00 — “Sarosima” (Sloveniya) — 16+
28-may
19:00 — “Dengizga boramiz” (Chexiya)
29-may
17:00 — “Bir chimdim murch” (Gretsiya)
19:00 — “Qasos” (Daniya) — 16+
30-may
15:00 — “Ajoyib o‘rmon” (Finlyandiya)
17:00 — “Bu sen o‘ylagan narsa emas, azizam” (Polsha)
19:00 — “Poygadagi to‘xtash” (Germaniya) — 16+
31-may
15:00 — “Saqoqush” (Gretsiya)
17:00 — “Kasablanka operatsiyasi” (Shveysariya)
19:00 — “Sev va raqsga tush” (Polsha)
Izoh (0)