O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkent shahriga kelgan Germaniyaning Saksoniya federal yeri parlamenti raisi Mattias Rossler bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
11-may kuni bo‘lib o‘tgan suhbat davomida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlarninig hozirgi holati va yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi, jumladan O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi doirasidagi aloqalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Oliy Majlisining Germaniya hududiy parlamentlari va Bundestagi hamda Yevropa parlamenti bilan hamkorligining faollashuvi va chuqurlashuvi qayd qilindi. “Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi”, - deyiladi vazirlik axborotida.
Izoh (0)