Rossiyaning “Prosto moloko” 2015 yil oxiriga qadar O‘zbekistonga mahsulot yetkazib berishni yo‘lga qo‘yadi. Review.uz’ning xabar berishicha, kompaniya ushbu maqsad yo‘lida mavjud ishlab chiqarish hajmini ikki barobar oshirishga ham tayyor.
“Prosto moloko”ning ishlab chiqarish bazalari Tataristonning yetti tumanida joylashgan. Hozirgi vaqtda kompaniya O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga o‘z mahsulotlarini yetkazib berish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda.
Xabar berishlaricha, “Prodekspo” ko‘rgazmasi davomida ushbu mamlakatlarning riteylerlari “Prosto moloko” vakillariga mahsulot yetkazib berishni so‘rab murojaat qilishgan va kompaniya bu taklifni qabul qilgan.
Izoh (0)