Noma’lum shaxs Chirchiq shahridagi Sportchilar ko‘chasida ketayotgan ayolning sumkasini olib qochdi, deb yozadi “Postda” gazetasi.
Ayol zudlik bilan ichki ishlar idoralariga murojaat qilgach, surishtiruv ishlari boshlab yuborildi. Natijada shaharning 4-mitti tumanida yashovchi shaxs gumon qilinuvchi sifatida qo‘lga olindi.
Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)