Farg‘onalik erkak Oltiariq tumanida yashovchi tanishining uyi oldida qarovsiz qoldirilgan Lacetti avtomashinasini ko‘rib, ko‘nglida shum niyat uyg‘ondi, deb yozadi “Postda” gazetasi.
Tezda avtoulovga o‘tirib, uni haydab qochdi. Ammo ichki ishlar idoralari xodimlarining hushyorligi bois u uzoqqa bora olmadi.
Avtomashina egasiga soz holda qaytarildi. Uni olib qochgan shaxsga esa qonuniy chora ko‘riladi.
Izoh (0)