11-may, dushanba kuni AQShning Santa-Barbara shahridagi Kaliforniya universiteti yonginasida uch kishi o‘q tegishi natijasida jarohat oldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
ABC telekanali xabariga ko‘ra, noma’lum jinoyatchi mahalliy vaqt bilan 19:30 (Toshkent vaqti bilan 12-may 7:30)da o‘t ochgan.
Telekanal ma’lum qilishicha, e’lon qilingan trevoga tufayli universitetning barcha yotoqxonalari ayni paytda qurshab olingan.
Jabrlanganlar ahvoli haqida xabar berilganicha yo‘q. Politsiya, guvohlar ko‘rsatmalariga ko‘ra, ichidan turib o‘t ochilgan oq mashinani qidirmoqda.
Izoh (0)