Misr adliya vaziri Mahfuz Saber 11-may, dushanba kuni iste’foga chiqish haqida ariza berdi, deya xabar bermoqda Reuters. Bunga uning omma oldida so‘zlagan fikrlari jamoatchilikka qattiq ta’sir qilgani sabab bo‘ldi.
Shov-shuvni vazirning teleintervyularidan biri keltirib chiqardi, unda u sudya “badavlat va odob-axloq darajasi yuqori bo‘lgan oilada tarbiyalangan bo‘lishi kerak”ligini, farroshlarning farzandlari esa depressiyaga tushish muammosiga yo‘liqishi mumkinligi tufayli “o‘zlariga mos ish” topishi lozimligini aytdi.
Saberning so‘zlarini misrliklarning ko‘pchiligi irq ajratish va qashshoqlar uchun haqorat sifatida qabul qilgan.
Saberning o‘zi yanglish gapirib qo‘yganini aytdi hamda jamoatchilik fikri va “oddiy fuqarolar”ga hurmat yuzasidan iste’fo berganini tushuntirdi.
Izoh (0)