Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdul-Aziz Yamandagi operatsiya “qardosh Yaman xalqini mintaqadagi xavfsizlikka rahna soluvchi mazhabparast guruhlar”dan qutqarishga qaratilganini aytdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Qirolning qo‘shimcha qilishicha, isyonchilar “qo‘shni davlatlarga tahdid solmoqda va mintaqadagi ta’sirini oshirmoqchi bo‘lgan chet mamlakatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda”.
Nashrning eslatishicha, avvalroq xusiylar Yamandagi 12-mayga mo‘ljallangan yarashuv sulhiga rozi bo‘lgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)