8-may, juma kuni Toshkentda kuchli shamol esib, so‘ng qattiq yomg‘ir yog‘ib o‘tdi. Bu esa oqibatlarsiz kechmadi. Shu kuni poytaxtning turli nuqtalarida daraxtlar, reklama bannerlari qulashi, suv toshishi kabi holatlar kuzatildi. Bunday manzaralar aks etgan suratlarni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’lon qildi.
Ulardan birida daraxt Lacetti ustiga yiqilib tushganini ko‘rish mumkin.
“Bunyodkor” metro bekati yaqinida esa reklama banneri qulab, yo‘lning bir qismini to‘sib qo‘ygan.
“Qozog‘iston” kinoteatri yonida sharros yomg‘ir tufayli toshqin yuzaga kelgan.
Shuningdek shamol tufayli baland bino tomidan uchib tushgan temir qopqoq Malibu orqa oynasini chilparchin qilgan.
Izoh (0)