Singapurning Changi aeroporti tomonidan har yili turli nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladigan Changi Airlines Awards tanlovida O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi “Marketing bo‘yicha eng yaxshi aviakompaniya 2015” yo‘nalishida eng yaxshi aviatashuvchilar beshligiga kirdi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.
Beshlikdan shuningdek, Air France, Turkish Airlines, Singapore Airlines va Tigerair ham o‘rin oldi.
G‘oliblar Conrad Centennial mehmonxonasida o‘tkazilgan Changi Airline Awards tadbiri ishtirokchilari tomonidan jonli ovoz berish orqali aniqlandi.
“O‘zbekiston havo yo‘llari”ga tegishli sertifikat topshirildi.
Izoh (0)