Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari Toshkentning Shayxontohur tumanida boshlanib, Yunusobod tumanida tugaydigan yangi ko‘prik suratlarini e’lon qildi. Ularda ko‘prik va uning atrofidagi yo‘llarda amalga oshirilayotgan so‘nggi ishlarni ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Sebzor ko‘prigi qurilishi 2014-yil sentyabrida boshlangan edi va, dastlabki reja bo‘yicha, qurilish ishlari bir yil davom etishi kerak edi. Biroq keyinroq ish jadvali o‘zgarib, qurilish belgilanganidan uch oy avval bitishi ma’lum qilindi.
Avvalroq Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi a’zolari ushbu ko‘prikni baykerlar va rollerlar uchun ayni muddao bo‘lgan joy deb atagan edi.
Izoh (0)