AQSh prezidenti Barak Obama Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va uning yangi koalitsiya hukumati bilan hamkorlik qilishga tayyor, deya xabar bermoqda Reuters Oq uy qoshidagi AQSh Milliy xavfsizlik kengashiga tayanib.
Kengashdagilar ta’kidlashicha, Obama xavfsizlik va razvedka sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikka alohida urg‘u bergan.
Bundan tashqari, prezident Isroilning yangi hukumati bilan Eron yadro dasturi va Falastin—Isroil nizolariga oid muzokaralar bo‘yicha konsultatsiyalar o‘tkazilishiga ham umid qilmoqda.
Izoh (0)