Moskvada evakuator salonida ikki yoshli bola bo‘lgan mashinani jarima maydonchasiga olib ketdi, deya xabar bermoqda “RBK” Moskva ma’muriy yo‘l inspeksiyasiga tayanib.
Oynalari qoraytirilgan Honda rusumli avtomobil taqiqlovchi belgi ostiga to‘xtab turgan bo‘lgan, shu sababli yo‘l inspeksiyasi xodimi evakuator chaqirgan.
Salonda yosh bola borligi haqidagi xabar evakuator haydovchisiga u harakatlanishni boshlagan paytda kelib tushgan. Moskva parkovka hududi ma’muriyati salonni tekshirib ko‘rgan va bolani ichki ishlar bo‘limiga topshirgan.
Avtomobil egasi evakuatorchilarga hech qanday da’vo qilmagan. Erkak farzandiga qarash bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagani uchun 500 rubl jarimaga tortilgan.
Izoh (0)