Bortida 11 nafar xorij fuqarolari bo‘lgan vertolyot Pokistonda halokatga uchradi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” armiya vakillariga tayanib.
MI-17 vertolyoti mamlakat shimoli-sharqida qulab tushgan. Uch kishi jarohat olgan, ularning ahvoli jiddiy deb baholanmoqda.
Bortda shuningdek, olti pokistonlik ham bo‘lgan.
Ayni paytda xorijliklarning millatiga aniqlik kiritilganicha yo‘q.
Izoh (0)