Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev Temir Sariyevni mamlakatning yangi bosh vaziri etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Qirg‘iziston Parlamenti yangi bosh vazirni 30-aprel kuni saylagandi. Hukumat tarkibi va tuzilishi o‘z holicha qoldirildi, faqatgina Vazirlar Mahkamasining bo‘sh o‘rinlariga yangi vazirlar tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatning oldingi bosh vaziri Joomart Otorbayev 23-aprel kuni iste’foga chiqarilgandi.
Izoh (0)