Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikaliklar kelasi yilgi saylovlarda prezidentlikka nomzodini qo‘yish uchun kurashayotgan sobiq birinchi xonim va mamlakat bosh kotibi Hillari Klintonga ishonchsizlik bilan qaraydi. Bu haqda GFK ijtimoiy firmasi so‘rovi natijalariga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

So‘rov ishtirokchilarining 61 foizi Klintonni umuman yoki deyarli umuman halol deb hisoblamaydi.

Umuman olganda, amerikaliklarning 46 foizi Klinton nomzodiga ijobiy, 41 foizi salbiy yondashadi. Uning tarafdorlari ham bu borada katta tashabbuskorlik ko‘rsatmadi. So‘ralgan demokratlarning 34 foizigina Klinton ularga juda yoqishini aytgan bo‘lsa, 36 foizi undan qoniqishini bildirgan. Yana 19 foizi betaraf qolgan, 9 foizi esa hafsalasi pir bo‘lganini qayd etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda talaba qizning shaxsiy suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik uchun pul talab qilgan shaxs ushlandi
Dunyo
Yerga hafta oxirida ko‘p qavatli bino o‘lchamidagi asteroid yaqinlashmoqda
Mahalliy
“Katta mulozimlar ham ‘podval’larga tushib-chiqardi” — Kamoliddin Rabbimov san’atkorlar Islom Karimov davrini tanqid qilayotgani haqida