Hindiston hukumati prognozlariga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyoti ushbu moliya yilida 7,4 foizga o‘sadi, bu Xitoydagi o‘sish sur’atlariga mosdir, deb yozadi “Vedomosti”.
Biroq bunday jadallashish nafaqat iqitisodiyotning tiklanishi, balki yalpi ichki mahsulotni hisoblash usulining keskin o‘zgarishi bilan ham bog‘liqdir.
Gap shundaki, yanvar oxirida statistika vazirligi narxlar o‘zgarishiga mo‘ljal sifatida olinadigan tayanch yilni o‘zgartirganini ma’lum qildi va yalpi ichki mahsulotni hisoblashda yanada kompleksli ma’lumotdan foydalana boshladi. Shuningdek u YaIMni ishlab chiqaruvchilar narxlarida emas, bozor narxlarida hisob-kitob qila boshladi.
Yangi metodologiyani qo‘llash orqali chiqarilgan ilk ko‘rsatkichlar o‘tgan moliya yilida (2013-yil aprel — 2014-yil mart) o‘sishning tezlashganini ko‘rsatdi. O‘sish darajasi avvalgi 4,7% o‘rniga 6,9 foizni tashkil etdi.
Izoh (0)