Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Udmurtiya Respublikasida politsiyaga Ijevsk fuqarosidan ariza kelib tushdi, deb yozadi “Vesti.ru”. Ma’lum bo‘lishicha, uning 1999-yilda tug‘ilgan qizining sochini maktab o‘qituvchisi kesib tashlagan.

Foto: vesti.ru

Foto: vesti.ru

O‘quvchining onasi o‘z qizi so‘zlariga tayanib aytishicha, qizlar darsda shunchaki qiqirlab kulgan, shunda o‘qituvchi ayol kelib, jim bo‘lmasa, sochini kesib tashlash bilan tahdid qilgan. Qiz bu gapni pisand qilmagach, o‘qituvchi shartta uning sochining bir qismi qirqib tashlagan.

Qizning sinfdoshlari aytishicha, u haqiqatan ham darsda o‘qituvchiga xalaqit bergan: baland ovozda kulib, suhbatlashib o‘tirgan. Unga berilgan tanbehdan so‘ng ham tinchlanmagan.

Xabar berilishicha, 42 yoshli o‘qituvchi ayol o‘quvchisining onasiga xat yozib, kechirim so‘ragan. U voqea sodir bo‘lgan kuni darslardan chetlatilgan, so‘ng ishdan bo‘shash haqida ariza yozib, maktabdan ketgan. Qiz esa o‘sha maktabda o‘qishini davom ettirmoqda.

Ayni paytda ushbu fakt bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda, natijalarga ko‘ra, protsessual qaror chiqariladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev texnoparkning Xorazm filialiga borib, yoshlar bilan muloqot qildi (foto) 
Iqtisodiyot
Braziliya va Xitoy o‘rtasida savdoda dollardan voz kechilib, yuanga o‘tildi
Mahalliy
“O‘zgidromet” 1-aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi