Rossiya va Misr yetakchilari Qohirada muzokaralar olib bordi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”. Suhbatdan har ikkala prezident ham mamnun qoldi. Vladimir Putin o‘z hamkasbini Moskvaga taklif etdi, Abdul Fattoh as-Sisiy esa ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.
Ular atom energetikasi, koinot, kichik va o‘rta biznes sohalaridagi hamkorliklarni muhokama qildi. Tashrif chog‘ida imzolangan hujjatlar asosan iqtisodiyotga taalluqli bo‘ldi. Xususan, investitsiyalar jalb etish va Misr hududida obyektlar qurilishida ishtirok etish bo‘yicha hamjihatlik to‘g‘risida memorandum, shuningdek investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish haqida memorandum imzolandi.
Izoh (0)