26 yoshli Tiffani Ikkinchi laqabli mushuk o‘z turining eng keksa vakili sifatida Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda nashrning rasmiy saytida xabar berildi.
AQShning Kaliforniya shtatida yashovchi mushuk 1988-yil 13-martda tug‘ilgan. Jonivorning xo‘jayini Sheron Vurxis mushukchani olti haftaligida zoodo‘kondan 10 dollarga xarid qilgan.
Ta’kidlanishicha, mushuk odam umriga qiyoslaganda 125 yoshni urib qo‘ygan. Jonivorning ko‘rish, eshitish va umumiy jismoniy faolligi yaxshi saqlanib qolgan bo‘lsa-da, u yuqori qon bosimidan azob chekadi.
Izoh (0)