Alibaba Group asoschisi va direktorlar kengashi raisi Jek Ma badavlatlikda Facebook yaratuvchisi Mark Sukerberg va Amazon bosh direktori Jeff Bezosdan ham o‘zib ketdi, deya xabar bermoqda Bloomberg. Bu uning korporatsiyasi moliyaviy bo‘limi 50 milliard dollarga baholangach, sodir bo‘ldi. Shu bilan birga, u Xitoyning eng badavlat kishisi nomini o‘ziga qaytarib oldi.
Bloomberg Billionaires Index’ga muvofiq, ayni paytda Maning davlati 35 milliard dollarga yetdi va u dunyodagi eng boy kishilar reytingida 13-o‘rinni egalladi. Shu tariqa, elektron tijorat bo‘yicha eng yirik kompaniya asoschisi Sukerberg (33,2 milliard dollar) va Bezos (33,1 milliard dollar)ni ortda qoldirdi.
Izoh (0)