Britaniyalik 48 yoshli sartarosh ayol Paula Kochreyn kuzda mahalliy mobil operatorga ulanib, oyiga 31 funt to‘lashi haqida shartnoma tuzgan edi. Biroq ko‘p o‘tmay, unga 100 funtlik hisob yuborildi, so‘ng summa ko‘payishda davom etdi, deb yozadi “Vesti.ru”.
Qishga kelib, ayol operatordan ming funt qarzdor bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, u SMS-xabarga ilova qilgan smayliklar ifodalangan rasm kompaniya tomonidan MMS sifatida baholangan. Ularning har biri bir funtdan hisoblangan.
Buni bilgach, Paula hayratga tushdi va ogohlantirilmagani uchun kompaniyaga norozilik bildirdi. Kompaniyadagilar esa unga 100 funtlik chegirma taklif etdi. U endi operator ustidan sudga murojaat qilmoqchi.
Izoh (0)