Tinchlik bo‘yicha 2015-yilgi Nobel mukofoti uchun nomzodlarni qabul qilish yakunlandi, deya xabar bermoqda “Segodnya”.
Nomzodlar orasida Rossiyaning “Novaya gazeta” nashri, Rim papasi Fransisk, AQSh maxsus xizmatlari sobiq xodimi Edvard Snouden, ozarbayjonlik huquq himoyachisi Laylo Yunus, Tunis prezidenti Begi Kaidi Es-Sebsi, kongolik shifokor Deni Mukvege va amerikalik sobiq harbiy tahlilchi Daniel Ellsberg bor.
Nashrning eslatishicha, 2014-yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti pokistonlik maktab o‘quvchisi Malala Yusufzay va hindistonlik 60 yoshli huquq himoyachisi Kaylash Satyartiga berilgan edi.
Izoh (0)