Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukraina kuchlarining Donbass fuqarolariga qarshi operatsiyasida qatnashayotgan chechenistonliklarni bas qilib, uyga qaytishga chaqirdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Qodirov, shuningdek, o‘zining Instagram akkauntida Ukrainada jangari Isa Munayev halok bo‘lganini tasdiqladi. Checheniston rahbari ma’lumotlariga ko‘ra, uning o‘limi “Ukraina xavfsizlik xizmati topshirig‘i bo‘yicha va Markaziy razvedka boshqarmasi agentlari tomonidan” tashkillashtirilgan.
“Bugun men aldov yo‘li bilan Munayev va Osmayev tomonidan ukrainalik fashistlar avantyurasiga jalb qilinganlarga murojaat etaman, — deyiladi Instagram’dagi xabarda. — Darhol to‘xtang. Bu sizning urushingiz emas. Tezlikda uyga qayting. Bu siz uchun tirik qolish imkoniyati”.
Izoh (0)